RFI faxriy prezidenti: "O'zbekiston, Belarusda o'ynaganida bizning selekcionerlar qayerda edi? Ko'zi ko'rlar"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025, 01:23
RFI faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tayotgani haqida gapirdi.

APL klubi 20 yoshli himoyachini 50 mln evro evaziga sotib olmoqda.

"SSKA skautlari Fayzullaevni bekorga kuzatishmagan ekan. Uning Husanovdan kam joyi yo'q. Menimcha u Husanovdan ko'ra o'zini yaxshiroq ko'rsata oldi. Lekin biz nega Husanovni topa olmadik? Buni chuqur o'ylash kerak.

Bu xabarni o'qigandan keyin shunday o'ylar o'tdi: "Bizning selekcionerlar qayerda edi?" Agarda u O'zbekiston va Belarusda o'ynagan bo'lsa, biznikilar ko'rishi kerak edi. Ko'zi ko'rlar. Bu bizning sport menejerlarimizning g'ururini ko'rsatadi", - dedi Koloskov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru