Ziko: "Yevropa futboliga haddan tashqari yuqori baho berib yuborilgan"

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025
2008 yilda "Bunyodkor"ni boshqargan braziliyalik murabbiy Ziko Yevropa jamoalari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi yomon o'yini tufayli turli bahonalarni o'ylab topayotganini aytdi.

"Yevropa futboliga haddan tashqari yuqori baho berib yuborilgan. Bunga barham berish kerak. Futbol faqat Yevropaga tegishli emas. Ishlar yaxshi yurishmayotganda yevropaliklar turli bahonalar o'ylab topa boshlaydi. Ular noqulay sharoitlarda qanday o'ynashni bilmaydiganga o'xshaydi. Biror narsa ko'ngildagidek bo'lmasa, havoning issiqligi, mavsum yakuni va shunga o'xshash narsalar haqida gapira boshlashadi", – dedi Ziko.

Eslatib o'tamiz, Braziliyaning "Palmeyras", "Botafogo" va "Flamengo" klublari allaqachon turnir pley-offiga yo'l olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo