"Bunyodkor" Sergey Simonenkoga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
21 yanv 2014
Toshkentning "Bunyodkor" klubida ikkinchi ukrainalik futbolchi paydo bo'lishi mumkin.
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi tajribali ukrainalik himoyachi Sergey Simonenkoga qiziqib qolgan.

Bu futbolchi Ukraina milliy terma jamoasida ikkita o'yin o'tkazgan.

Ayni paytda BAAda yig'in o'tkazayotgan "qaldirg'ochlar" safiga yangi o'yinchilar qo'shilishi mumkinligi haqida xabar bergandik. Ulardan biri aynan Simonenko bo'lishi mumkin.
 
Simonenkoning so'nggi klubi "Sevastopol" bo'lib, 2013 yilning noyabrida jamoa rahbariyati futbolchi bilan shartnomani bekor qilgandi.

Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia