"Bunyodkor" qiziqayotganini men ham eshitdim. O'zimga hech qanday taklif bo'lmadi. "Nasaf" bilan esa 2 yillik shartnomam bor - Abduvohid Ne'matov mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Iskandarov Abdulaziz
2 yanv 2023, 18:01
So'nggi vaqtlarda "Nasaf" futbolchilarining "Bunyodkor"ga o'tishi haqida turli xabarlar bong uryapti.

Abduvohid Ne'matov va Abubakr Rizo Turdalievning xizmatiga poytaxt klubi qiziqmoqda ostida saytimizda ham xabar chop etgan edik. Aslida vaziyat qanday? Abduvohid Ne'matov Championat.asia jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda shu va boshqa savollarga javob berdi. 

"Bunyodkor" "Nasaf"ning ikki futbolchisiga qiziqyapti


- Xudo xohlasa fevral oyida "Al Shabab"ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Murabbiylarimizning kerakli ko'rsatmalari asosida tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Albatta, "Bunyodkor" qiziqayotganini uzoqdan eshitdim. Lekin shaxsan o'zimga hech qanday taklif bo'lgani yo'q. "Nasaf" bilan esa 2 yillik shartnomam bor. Hozirgi vaqtda faqat OCHL haqida o'ylamoqdaman. Boshqacha bo'lishi mumkinmas.



Nima uchundir hamon "Nasaf" futbolchilarini yosh deyish tinayotgani yo'q. Hozirgi futbolchilar asosiy tarkibda debyut qilganiga 3-4 yil bo'lmoqda. Ular terma jamoalar, OCHL va ko'plab xalqro o'yinlarda toblanishdi. Abduvohid Ne'matov bu borada quyidagicha javob berdi. 

- To'g'ri anchagina ulg'aydik. Qaysidir manoda o'sishga erishdik, deya olaman. Tajriba to'plamoqdamiz. OCHL, terma jamoa o'yinlari bizga ishonch berishi kerak. Anu shu tajriba ostida yildan-yilga yaxshilanishimiz lozim.

"Nasaf"ga chempionlik yo'lida uyda yo'qotilgan qimmatli ochkolar pand berdi. Odatda jamoalar safarga qaraganda o'z maydonida ishonchli harakat qilishiga guvoh bo'lamiz. "Ajdarlar"da buning aksi kuzatildi. Xo'sh, ular orasida qaysi biri eng alamlisi sifatida yodda qoldi...

- Qarshida raqiblarimiz bilan aksariyat hollarda murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'ldik.  Ajratish noo'rin, deb bilaman. Ochko yo'qotdikmi, demak hammasi alamli.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: