"Bunyodkor" o'z tarbiyalanuvchisi bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024, 13:54
Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'z tarbiyalanuvchilaridan biri bilan kelishuvni yana 2 yilga uzaytirdi.

Gap 19 yoshli chap qanot himoyachisi Narimonjon Ahmadjonov haqida ketmoqda. Yangi bitimga ko'ra, himoyachi 2026 yilning 31 dekabriga qadar "Bunyodkor" safida qoladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Ahmadjonov "qaldirg'ochlar" safida shu kungacha Superliga va O'zbekiston kubogida 4ta o'yinda maydonga tushgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ПФЛ матбуот хизмати