“Bunyodkor” OCHL-2014dagi uy uchrashuvlari vaqtini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 11:29
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarining boshlanish vaqtlarini OFKga taqdim qildi.
Unga ko'ra, “qaldirg'ochlar” 11 mart kuni 2-tur doirasida Eronning “Fulad” klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni soat 17:00da boshlashadi. 19 martdagi 3-turning pley-off g'olibi bilan kechadigan bahs esa 18:00ga mo'ljallangan. Va nihoyat, 16 aprel sanasida “Bunyodkor” Toshkentda Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Fateh” jamoasini qabul qiladi. 5-turdan o'rin olgan bu o'yin boshlanishi ham 18:00ga rejalashtirilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com