"Bunyodkor" lageridan gapiramiz. Tarkibga yangi futbolchi keldi. Anvar G'ofurov "Surxon"ga ketdi

Iskandarov Abdulaziz
7 yanv 2025
Superliga jamoalari qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlariga navbati bilan kirishishmoqda.

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi kechadan o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Ayni paytda Ilyos Zeytullaev boshchiligida to'liq bo'lmagan tarkib bilan mashg'ulotlar boshlangan. Yangi futbolchilardan Abdumavlon Abdujalilov, Odil Hamrobekov va "Andijon"dan Sardor Abdunabiev ishtirok etmoqda. 

Klubning yoshlar jamoalarida murabbiylar o'zgarmoqda. Xususan, o'tgan mavsumda asosiy tarkib va U-19 jamoasini boshqargan Anvar G'ofurov endi "Surxon" o'rinbosarlariga ustozlik qiladigan bo'ldi. Bundan tashqari "Bunyodkor" U-21 jamoasini Anvar Rahimov tayyorlaydi. O'rinbosarlar murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaevning klubda qolish yoki qolmasligi  esa aniq emas. Shuningdek bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevga Italiyadan ikki nafar yordamchi murabbiy kelishi kutilmoqda. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia