Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2019
Bunyodkor futbol klubi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 27 yilligi munosabati bilan Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasini o'tkazadi.

Xabaringiz bor, Yurtboshimizning O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni loyihasi jamoatchilikka e'lon qilinganiga ko'p bo'lgani yo'q. Mazkur farmonda bolalar futboliga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish bo'yicha alohida bandlar ishlab chiqilgan. Bunyodkor futbol klubi davlatimiz rahbarining farmonini hayotga tatbiq etish maqsadida bolalar futboliga e'tiborni yanada ijobiy tarafga o'zgartirish yo'lidan bormoqda. Akademiyamiz jamoalarining turli musobaqalarda qayd etayotgan natijalari, bosh jamoamizning o'zagini asosan tarbiyalanuvchilarimiz tashkil qilishi to'g'ri yo'lda ekanligimizni anglatadi.

Shu vaqtgacha tarbiyalanuvchilarimiz uzoq-yaqin davlatlarda tashkil qilingan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelardi. Endi tarbiyalanuvchilarimiz Bunyodkor futbol klubi mezbonlik qiladigan xalqaro musobaqada qatnashadi. 16ta jamoa qatnashadigan Bunyodkor Kubogining geografiyasi keng olindi. Nafaqat poytaxt jamoalari, balki Respublikamizning turli hududlarida tarbiya topayotgan bolalar ham musobaqamiz mehmoni bo'ladi. Qolaversa, qo'shni Qozog'istonning to'rt jamoasini beshta tarkibi Bunyodkor Kubogining ilk sohibi bo'lish uchun kurash olib boradi.

Musobaqa 4-8 dekabr kunlari Bunyodkor akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tadi. Qozog'iston jamoalari bugun yurtimizga yetib keladi va o'zlari uchun ajratilgan mehmonxonalardan joy oladi. Shuningdek, bugun tushdan so'ng tashkiliy qo'mitaning yig'ilishi o'tkaziladi. Kechki payt esa, jamoalarning rasmiylari ishtirokida yakuniy mandat komissiyasi tashkil qilinadi.

"A" guruhi: "Bunyodkor-1" (Toshkent), "Jizzax FA" (Jizzax), "Mersa" (Almati), "Aristan 2" (Almati).
"B" guruhi: "Paxtakor" (Toshkent), "Nasaf" (Qarshi), "GUDYUSSHOR 17" (Shimkent), O'zbekiston U-16 terma jamoasi.
"C" guruhi: "Lokomotiv" (Toshkent), "Sirdaryo" (Sirdaryo), "Bunyodkor 2" (Toshkent), "Aristan 1" (Almati).
"D" guruhi: "Spartak" (Toshkent), "Andijon" (Andijon), "Odil Junior" (Namangan), "SDYUSHOR 8" (Nursulton).


1-tur, 4 dekabr
"Bunyodkor" - "Mersa"
"Jizzax" - "Aristan 2"
"Paxtakor" - "GUDYUSSHOR 17"
"Nasaf" - O'zbekiston U-16
"Lokomotiv" - "Bunyodkor 2"
"Sirdaryo" - "Aristan 1"
"Spartak" - "Odil Junior"
"Andijon" - "SDYUSHOR 8"

2-tur, 5 dekabr
"Bunyodkor" - "Jizzax"
"Mersa" - "Aristan 2"
"Paxtakor" - "Nasaf"
"GUSDYUSSHOR 17" - O'zbekiston U-16
"Lokomotiv" - "Sirdaryo"
"Bunyodkor 2" - "Aristan 1"
"Spartak" - "Andijon"
"Odil Junior" - "SDYUSHOR 8"

3-tur, 6 dekabr

"Bunyodkor 1" - "Aristan 2"
"Jizzax" - "Mersa"
"Paxtakor" - O'zbekiston U-16
"Nasaf" - "GUSDYUSSHOR 17"
"Lokomotiv" - "Aristan 1"
"Sirdaryo" - "Bunyodkor 2"
"Spartak" - "SDYUSHOR 8"
"Andijon" - "Odil Junior"



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia