"Bunyodkor" futbolchisi 7 yillik faoliyatidan so'ng jamoani tark etdi

Khoja
14 dek 2025
"Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi Rasul Yo'ldoshev "qaldirg'och"lar bilan xayrlashdi.

Futbolchi jamoadagi 7 yillik faoliyatidan so'ng "Bunyodkor"dan ketishga qaror qildi. Uning yangi jamoasi katta ehtimol bilan Samarqandning "Dinamo"si bo'ladi.

Rasul Yo'ldoshev "Bunyodkor" safida jami 137 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 4 ta gol va 6 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia