Bunyodkor futbol klubi bosh direktori maxsus sertifikat bilan taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2020
2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni e'lon qilingan edi.

Bunyodkor futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev 2020 yilning may oyida Respublika miqyosida o'tkazilgan O'zbekistondagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi 16-ko'p tarmoqli ilmiy konferenciyada faol ishtirok etgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Ulug'bek Mirzaev ushbu ilmiy konferenciyada futbol klublari byudjetining daromadlariga oid qismi, yana ham aniqrog'i, Xalqaro tajriba misolida sport klublarini tijoratlashtirishning innovacion mexanizmlariga baho berish mavzusida qatnashdi.

Xabaringiz bor, 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni e'lon qilingan edi. Mazkur farmonda futbol klublarini tijoratlashtirish, o'zini-o'zi moliyalashtirish, bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish masalalari ustuvor vazifa qilib belgilangan. Bunyodkor futbol klubi bosh direktori, davlat rahbarining farmoniga monand ravishda, shu kunlarda futbol klublari byudjetlarining daromadlar qismini takomillashtirish va rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yuqorida aytib o'tilgan konferenciyada, ushbu ilmiy izlanishlarning bir qismi sifatida, o'zining chiqishi bilan ishtirok etgan Ulug'bek Mirzaev konferenciya tashkilotchilari tomonidan munosib ravishda etirof etildi.

Ilmiy maqolaning to'liq matni bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com