“Bunyodkor” direktori Sherzod Haqberdiev klub muxlislari bilan uchrashdi

Administrator
2 fev 2023
“Bunyodkor” futbol klubi direktori Sherzod Haqberdiev bugun Shavkat Imomov boshchiligidagi muxlislar klubi yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda muxlislar klubining bu yilgi rejalari, faoliyati muhokama qilindi. Shuningdek, muxlislar klubi a'zolarini qiynayotgan savollar, muammolar ko'rib chiqildi. Ularni hal qilish bo'yicha reja ishlab chiqildi.

Klub tashkil topgan kundan boshlab “Bunyodkor” muxlislar uchun o'ynaydi” shiori ostida faoliyat yuritib keladi. “Bunyodkor” hech qachon o'z muxlislarini e'tiborsiz qoldirmagan va albatta sodiq ishqibozlarimiz ham suyuklilarini yolg'iz tashlab qo'ymagan. Sherzod Murodovich ishqibozlarga yuzlanib, “sodiq muxlislarimiz bor ekan biz o'z ananalarimiz va shiorimizga sodiq qolaveramiz”, - deya rahbariyat har doim ularni qo'llashini ma'lum qildi.


AdministratorMuallif
Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати