“Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan oldin koncert dasturi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2018
Superliga 4-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi oldidan va tanaffus paytida koncert dasturi bo'lib o'tadi.

Unda o'zbek shou-biznesi estradasi yulduzlari Muzaffar Abduazimov va Umar Shamsiev ishtirok etadi.

Koncert dasturi uchrashuv oldidan va tanaffus paytida uyushtiriladi.

“Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuviga tashrif buyuring va shiddatli futbol bilan birgalikda ajoyib koncert dasturidan bahramand bo'ling.

Eslatib o'tamiz, Superliga 4-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi 30 mart, juma kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com