Bunyodkor - Al Zavra uchrashuvi jonli namoyish etilmaydi, barchani stadionga chorlaymiz!

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2020
Ma'lumki, Bunyodkor 22 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Iroqning Al Zavra klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Jar stadionida bo'lib o'tadigan bellashuv soat 14:00da boshlanadi. Xuddi shu kuni Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final o'yinlari ham bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi. Olimpiada yo'llanmasini taqdim qiladigan mazkur o'yinning ahamiyati yuqori bo'lgani sababli Sport telekanali Saudiya Arabistoni – O'zbekiston uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish qilishni rejalashtirgan. Bahs 15:15da start oladi.

Bunyodkor - Al Zavra o'yini esa, kechki 22:00da yozib olingan holda namoyish etiladi.

Shu bois Bunyodkor ishqibozlaridan Jar stadioniga tashrif buyurib, futbolchilarni qo'llab-quvvatlab turishingizni so'rab qolamiz!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com