“Bunyodkor” – “Al-Shabab”. O'yinoldi matbuot anjumani

Narzulla Saydullayev
7 fev 2016
Ertaga, dushanba kuni “Bunyodkor” stadionida “Al-Shabab”ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.

Soat 12:30da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Al-Shabab” bosh murabbiyi Kaio Junior va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.

Shundan so'ng “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushan va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.

Shuningdek, 8 fevral kuni har ikkala jamoa rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Dubayliklar soat 16:00dan e'tiboran “Bunyodkor” stadioni maysalarini sinab ko'rishsa, “qaldirg'ochlar” soat 17:00dan boshlab asosiy maydonda mashq qilshadi. Har ikkala mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi jurnalistlar uchun ochiq bo'ladi.

“Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan har ikkala tadbirga OAV vakillarini taklif etamiz.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi 9 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com