"Bunyodkor-2003" Rossiyadagi musobaqaning 4-kunida durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2014, 09:33
24 martdan 8 aprelga qadar Rossiyaning Dagomis shahrida marhum Valentin Bubukin xotirasiga bag'ishlangan hisob bo'yicha 6-musobaqa bo'lib o'tmoqdi.
Bu musobaqada Toshkentning "Bunyodkor" futbol akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa ishtirok etmoqda.

Kecha musobaqaning birinchi bosqichi to'rtinchi kun bahslari yakuniga etdi.

"Bunyodkor" dastlabki uch turda ikki g'alabaga erishgan va bir mag'lubiyatga uchragandi.

Quyida to'rtinchi kungi barcha natijalarni taqdim etamiz.

2003 yilda tug'ilgan futbolchilar

Mitino (Moskva) 2-3 BO'SM-7 (Sochi)
Sokol (Moskva) 0-3 Akron (Novosemeykino)
Bunedkor (Toshkent) 2-2 Politex-2003 (Maxachqala)
Abxaziya terma jamoasi 4-0 Krasnodar (Krasnodar)
Olimpiya zaxiralari maktabi-5 (Krasnodar) 0-2 Sochi (Sochi)
Smena-2 (Moskva) 2-0 V.Ponedelnik akademiyasi (Rostov – na - Donu)

"Bunyodkor" ushbu guruh peshqadamlari Abxaziya terma jamoasi va "Krasnodar"ga qarshi ikki muhim o'yin o'tkazadi.

Guruh bosqichida 1 va 2-o'rinlarni olgan jamoalar musobaqaning yarim finalida ishtirok etishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia