"Bunyodkor-2003" Eurasiacup xalqaro musobaqasida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2019
21-27 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida futbol bo'yicha o'smir jamoalar o'rtasida birinchi xalqaro Eurasiacup musobaqasi bo'lib o'tadi.

6ta jamoa qatnashadigan turnirda mamlakatimiz sharafini akademiyamiz tarbiyalanuvchilari – Bunyodkor-2003 himoya qiladi. Temur Boboxonov murabbiyligidagi qaldirg'ochlar kuni kecha Moskvaga uchib ketishdi va Rossiya Federatsiyasi poytaxtidagi Art Moskva mehmonxonasiga joylashishdi. Bunyodkor-2003 musobaqani S guruhida boshlaydi. Raqiblar – Rotor (Volgograd, Rossiya), Rostov (Rostov, Rossiya), Leningradec (Gatchina, Rossiya). Uchrashuvlar ertaga start oladi.

Ilk bor o'tkazilayotgan Eurasiacup xalqaro musobaqasi Ikkinchi jahon urushi g'alabasining 75-yilligiga bag'ishlanadi. Ikkinchi Eurasiacupga Belorus poytaxti Minsk shahri mezbonlik qiladi. Uchinchi xalqaro Eurasiacupga esa, Bunyodkor mezbonlik qilib, musobaqani Toshkentda o'tkazishni rejalashtirmoqda.

 Bunyodkor-2003 tarkibi


#

Ism-sharifi

Tug'ilgan sanasi

Darvozabonlar

1

G'ulomov Jamoliddin Nodir o'g'li

03.04.2003

25

Hamidullaev Behruz Abdullo o'g'li

14.05.2003

Himoyachilar

2

Mahmudov Mahsudbek Sherali o'g'li

04.05.2003

4

Xusanov Abduqodir Hikmatjon o'g'li

29.02.2004

14

Fozilov Jahongir Abdurahmon o'g'li

09.07.2003

15

Dadajonov Dilshod Ravshanovich

17.01.2003

16

O'sarov Tolibjon Abdunazar o'g'li

09.04.2003

20

Shomurodov Oybek Otabek o'g'li

20.11.2003

Yarim himoyachilar

8

Raimov Ulug'bek G'ayrat o'g'li

03.05.2003

17

Bahodirov Ibrohimbek Davronbek o'g'li

05.03.2003

18

Yusupov Shoazam Sodiq o'g'li

09.10.2003

23

Asadullaev Muhammadbobur Jahongir o'g'li

04.11.2003

77

Rahmonaliev Umarali Muhammadali o'g'li

18.08.2003

Hujumchilar

19

Mirzajonov Sherzod Jaxongir o'g'li

14.01.2003

21

Cultonov Umidbek Vali o'g'li

16.05.2003

27

Bo'riev Elbek Dilshod o'g'li

10.12.2003

31

Abdumannopov Zufarjon Zokirjon o'g'li

31.05.2003

44

Karimov Saidmurod Shavkat o'g'li

12.08.2003



Rahbariyat

1

Egamov Bekzod Rajabovich

Delegaciya rahbari

2

Boboxonov Temur Maratovich

Bosh murabbiy

3

Yo'ldoshev Shuhrat Rahmonqulovich

Murabbiy

4

Shodimatov Vadim Shaxirjonovich

Bunyodkor akademiyasi direktori

5

Asadullaev Jahongir Sadullaevich

Ota-onalar kengashi raisi

6

Kim Pavel Vasilevich

Shifokor


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com