

Jamoa ilk uchrashuvini Pokistonning “Mehran” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'tkazib, yirik 10:0 hisobida zafar quchgani haqida xabar bergandik.
“Bunyodkor-2002” turnirning ikkinchi turida Yaponiyaning “Puebla” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashdi va raqib darvozasga javobsiz 13ta gol urdi!
Ikkita turdan so'ng "Bunyodkor" 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Uchinchi turni jamoa Xitoyning "Urumchi 117" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu klub ham dastlaki ikki turda yirik g'alabalarga erishdi.



