BUM! "Real" final oldidan bo'ladigan barcha tadbirlarni bekor qildi. Bu boykotmi?

Mirjalol Normatov
25 apr 2025
"Real" Ispaniya Kubogi finali doirasida "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan bo'ladigan barcha tadbirlarni bekor qildi.

Madrid klubi tashabbusiga ko'ra jamoaning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti, matbuot anjumani va fotosessiyasi o'tkazilmaydigan bo'ldi. Hozircha buning sababi ma'lum emas. Bu uchrashuv hakamligiga bo'lgan bosim bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. Shuningdek, klub shu orqali hakamlikka boykot e'lon qilgan degan hulosaga ham kelsak bo'ladi.

Oldinroq uchrashuv bosh hakami Rikardo de Burgos Bengoechea matbuot anjumanida yig'lab yuborgani va uchrashuv VAR hakami "Real" televideniesida chiqarilgan videolar o'yinga jiddiy ta’sir o'tkazishini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca