Bugun Qatar chempionatida Temurxo'ja Abduxoliqovning jamoasi o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
7 dek 2017
Endilikda Qatar milliy chempionatini diqqat bilan kuzatishimizga to'g'ri keladi. Chunki kecha Osiyo chempionlar ligasiga qur'a tashlangach, "Paxtakor"ning pley-off uchrashuvida "Al Garafa", "Lokomotiv"ning esa "Al Duhayl" bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi.

"Paxtakor" bu jamoaga qarshi 30 yanvar kuni bahs olib boradi. Ertaga "Al Garafa" ichki chempionatda birinchi davraning so'nggi tur uchrashuvini o'tkazadi. "Al Garafa" safarda "Qatar SK" mehmoni bo'ladi va o'yin bizning vaqt bilan 20:10da boshlanadi.

Bugun esa Temurxo'ja Abduxoliqov to'p tepayotgan "Al Sayliya" o'z maydonida OCHLda "Lokomotiv" bilan bir guruhdan joy olgan "Al Duhayl"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv 18:00da boshlanadi.

QATAR YULDUZLAR LIGASI. MUSOBAQA JADVALI

Qatar chempionatida "Al Duhayl" 28 ochko to'plab birinchi o'rinda bormoqda. Abduxoliqovning "Al Sayliya" klubi 18 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi, "Al Garafa" hisobida esa 10 ochko bor va bu jamoa 7-pog'onada kelmoqda. Ertaga Qatar Yulduzlar ligasining birinchi davrasi o'z yakuniga etadi.



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia