Bugun YCHL va Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
Bugun Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

CHEMPIONLAR LIGASI

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Unda jami 20ta jamoa o'z raqibini bilib oladi. 10 ta chempion va 10ta chempion bo'lmaganlar ikki tomonga ajratilgan. Ular bu bosqichda to'qnash kelishmaydi.

Chempionlar yo'li
Saralanganlar:
Bazel (Shveytsariya), Seltik (Shotlandiya), APOEL (Kipr), BATE (Belorussiya), Dinamo Zagreb (Xorvatiya).
Saralanmaganlar: Makkabi Tel-Aviv (Isroil), Partizan (Serbiya), Malme (Shvetsiya), Skenderbeu (Albaniya), Astana (Qozog'iston).

Chempion bo'lmaganlar yo'li
Saralanganlar:
Manchester Yunayted (Angliya), Valensiya (Ispaniya), Bayer (Germaniya), Shaxter (Ukraina), Sporting (Portugaliya).
Saralanmaganlar: SSKA (Rossiya), Lacio (Italiya), Bryugge (Belgiya), Monako (Fransiya), Rapid (Avstriya).

Chempionlar yo'lidagi saralangan jamoalar saralanmaganlarga qarshi o'ynaydi. Chempion va chempion bo'lmaganlar o'zaro raqib bo'lishmaydi. Masalan, "Bazel" Chempionlar yo'lidagi saralanmagan jamoalardan biri (Makkabi Tel-Aviv, Partizan, Malme, Skenderbeu yoki Astana) qarshi o'ynaydi.

Takidlash lozimki, UEFA SSKA va Shaxter siyosiy sabab tufayli bir-biriga raqib bo'lmasligini taminlaydi.


YEVROPA LIGASI

Yevropa ligasining pley-off bosqichiga ura tashlash marosimi soat 16:00da (Toshkent vaqti) boshlanadi. Qur'ada 22ta saralangan jamoa 22ta saralanmagan jamoaga qarshi kurash olib boradi.

Saralangan jamoalar orasida hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi bor.

Saralanmaganlar orasida Qozog'istonning "Qayrat" klubi mavjud.

Saralanganlar: Borussiya Dortmund (Germaniya), Ayaks (Gollandiya), Rubin (Rossiya), Atletik (Ispaniya), AZ (Gollandiya), Red Bull Zalcburg (Avstriya), Viktoriya Plzen (Chexiya), PAOK (Gretsiya), Styaua (Ruminiya), Yang Boyz (Shveytsariya), Sparta (Chexiya), Fenerbaxche (Turkiya), Standard (Belgiya), Legiya (Polsha), Bordo (Fransiya), Panatinaikos (Gretsiya), Lex (Polsha), Sent-Eten (Fransiya), Slovan (Chexiya), Sautgempton (Angliya), Krasnodar (Rossiya), Belenensesh (Portugaliya).

Saralanmaganlar: Rusenborg (Norvegiya), Karabax (Ozarbayjon), Xayduk (Xorvatiya), XIK (Finlyandiya), Zarya (Ukraina), Atromitos (Gretsiya), Melde (Norvegiya), Tun (Shveytsariya), Astra (Ruminiya), Dinamo Minsk (Belorussiya), Yablonec (Chexiya), Jilina (Slovakiya), Midtyulland (Daniya), Videoton (Vengriya), Brondbyu (Daniya), Voyvodina (Serbiya), Rabotnichki (Makedoniya), Milsami (Moldaviya), Odd (Norvegiya), Gabala (Ozarbayjon), Qayrat (Qozog'iston).





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia