

Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
YCHL 1/8 final qatnashchilari
Guruh peshqadamlari: Napoli (Italiya), Portu (Portugaliya), Bavariya (Germaniya), Tottenxem (Angliya), Chelsi (Angliya), Real (Ispaniya), Manchester Siti (Angliya), Benfika (Portugaliya);
Guruhda ikkinchi bo'lganlar: Liverpul (Angliya), Bryugge (Belgiya), Inter (Italiya), Ayntraxt (Germaniya), Milan (Italiya), RB Leyptsig (Germaniya), Borussiya Dortmund (Germaniya), PSJ (Fransiya).
*Ushbu bosqichning ilk bahslari 14-15 hamda 21-22 fevral kunlari, javob o'yinlari esa 7-8 va 14-15 mart sanalarida bo'lib o'tadi.

YCHL. 1/8 finalning ehtimoliy juftliklari
Yevropa Ligasi 1/16 final qatnashchilari
ELda ikkinchi bo'lganlar: Manchester Yunayted (Angliya), Midtyulland (Daniya), Monako (Fransiya), Nant (Fransiya), Renn (Fransiya), Roma (Italiya), PSV (Niderlandiya), Union (Germaniya)
YCHLda uchinchi bo'lganlar: Ayaks (Niderlandiya), Bayer (Germaniya), Barselona (Ispaniya), Zalcburg (Avstriya), Sevilya (Ispaniya), Sporting (Portugaliya), Shaxter (Ukraina), Yuventus (Italiya)
*Ushbu bosqichning ilk bahslari 16 fevral kuni, javob o'yinlari esa 23 fevralda bo'lib o'tadi.

1/8 final qur'asi esa 24 fevral kuni o'tkaziladi. Keyin ular safiga quyidagi jamoalar qo'shiladi:
EL guruh bosqichida birinchi o'rinni egallagan jamoalar: Arsenal (Angliya), Fenerbaxche (Turkiya), Betis (Ispaniya), Yunion (Belgiya), Real Sosedad (Ispaniya), Feyenoord (Niderlandiya), Frayburg (Germaniya) va Ferencvarosh (Vengriya).
Konferenciyalar Ligasi 1/16 final qatnashchilari
KLda ikkinchi bo'lganlar: Fiorentina (Italiya), Anderlext (Belgiya), Lex (Polsha), Partizan (Serbiya), Dnepr-1 (Ukraina), Gent (Belgiya), CHFR Kluj (Ruminiya), Bazel (Shveytsariya)
ELda uchinchi bo'lganlar: Budyo-Glimt (Norvegiya), AEK (Gretsiya), Ludogorec (Bolgariya), Braga (Portugaliya), Sherif (Moldova), Lacio (Italiya), Karabax (Ozarbayjon), Trabzonspor (Turkiya).
*Ushbu bosqichning ilk bahslari 16 fevral kuni, javob o'yinlari esa 23 fevralda bo'lib o'tadi.

1/8 final qur'asi esa 24 fevral kuni o'tkaziladi. Keyin ular safiga quyidagi jamoalar qo'shiladi:
KL guruh bosqichida birinchi o'rinni egallaganlar: Istanbul (Turkiya), Vest Xem (Angliya), Vilyarreal (Ispaniya), Nicca (Fransiya), AZ (Niderlandiya), Yurgorden (Shvetsiya), Sivasspor (Turkiya) va Slovan (Slovakiya).



