Bugun Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga qur'a tashlanadi. Marosim 16:00da boshlanadi

Alisher
18 mar 2022
Bugun, UEFAning shtab-kvartirasi bo'lmish Non shahrida Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga qur'a tashlanadi.

Ushbu bosqichdan boshlab bitta assotsiatsiya vakillari bir-birlari bilan to'qnash kelishlari mumkin.

Qur'ada "Atletiko", "Bavariya", "Benfika", "Vilyarreal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Real" va "Chelsi" ishtirok etadi.


- 1/4 finalning ilk o'yinlari 5-6 aprel, javob bahslari esa 12-13 aprelda o'tkaziladi.

- Yarim finallar 26-27 aprel va 3-4 may kunlari bo'lib o'tadi.

- CHL finali 28 may kuni Parijda o'tkaziladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia