Buffon - MYU bilan o'yin haqida: "Bir oy oldin imkoniyatimiz yuqori edi, hozir 50ga 50"

Mirjalol Normatov
10 fev 2019, 13:27
PSJ darvozaboni Janluijji Buffon YCHLning 1/8 finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Seshanba kuni biz katta o'yin o'tkazamiz, bunda faqatgina natija kerak. "Bordo"ga qarshi o'yinga qaraganda biroz kuchliroq o'yin ko'rsatishimiz darkor. Jamoamizni favorit deb hisoblamaymiz, bir oy oldin shunday deyish mumkin edi. Imkoniyatlar 50ga 50. Ko'p narsa Kavanining o'yinda qatnashishiga ham bog'liq", - dedi Buffon.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal