Bu qiziq! Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvida 100 foizlik natija qayd etildi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2024, 20:16
Yaqindagina Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

Unda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. O'yinning yakuniy statistikasiga e'tibor beradigan bo'lsak, tomonlar bittadan aniq zarba yo'llashgan va bu golga aylangan. Yani, termalar imkonyatlardan 100 foiz foydalanishgan. Avstraliya 6 marta, vatandoshlarimiz esa 2 bora noaniq zarba berishgan.

Aniq zarbalar: 1 - 1

Noaniq zarbalar: 6 - 2

To'pni ushlab turish: 56% - 44%

Burchak zarbalari: 3 - 0

Offsaydlar: 4 - 4

Follar: 10 - 9

Sariq kartochkalar: 2 - 3


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia