Bu qiziq! 17 yoshli futbolchi 12 yilga futboldan chetlatildi

Mirjalol Normatov
24 may 2020
Fransiya mintaqaviy futbol ligasida o'tgan yilning fevral oyida 17 yoshli futbolchi Vaynta hakamga hujum qilgandi.

O'tgan vaqt davomida vaziyat muhokama qilindi va yakuniy qarorni chiqarish uchun bir yildan oshiq vaqt kerak bo'ldi.

Uchrashuv yakuniy protokolida bosh hakamning yozishicha, u futbolchini bir necha bora tinchlantirishga uringan va yakunda qizil kartochka bergan, natijada futbolchidan haqoratlarni qabul qilib olgan. Qo'lidan qizil kartochka ko'rinishi bilan futbolchi hakamning boshiga zarba bergan va referi erga qulagan.

Keyinchalik futbolchi hakamni tepib tashlagan. Shundan keyingina jamoadoshlari Vayntani chetga tortishgan. Muammo shundaki, noyabr oyida futbolchi 11 o'yinga chetlatilgandi.

Ammo futbolchi bu qilgan ishidan pushaymonligini bildirmagani uchun 12 yilga futboldagi barcha ishlardan chetlatildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football