Ivan Yosovich: "Metallurg" barqaror jamoa"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2023
"Metallurg" jamoasi bugun bir nechta futbolchilarni tanishtirdi.

So'nggi 3 yilda "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich endilikda bekobodliklar sharafini himoya qiladi. Futbolchining yangi jamoasi haqidagi fikrlarini tingladik. 

"Agentim "Metallurg"dan taklif borligini aytib qoldi. Ko'rinib turibdiki jamoada tashkilotchilik yaxshi. O'zbekistonda 3 yildan beri futbol o'ynamoqdaman. "Metallurg" barqaror jamoa. 

"Turon"dan ham taklif bor edi. Ochig'i Baxtiyor Ashurmatovni murabbiy sifatida ham, inson sifatida ham hurmat qilaman. Ammo yakunda Bekobod tanlovida to'xtadim", - deydi Ivan Yosovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia