

"Navbahor" Toshkentda OKMK, "Surxon" Qarshida "Nasaf" mehmoni. Sobiq futbolchi, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev mazkur uchrashuvlar oldidan mutaxassis sifatida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

OKMK - "Navbahor"
- "OKMK - "Navbahor" avval aytganimdek turning afishasi hisoblanadi. Ikkita teng kuchga ega jamoa va ikkisining ham hujum chizig'i kuchli. Qolaversa, so'nggi uchrashuvlarni mazmunli o'tkazishmoqda. Shubhasiz chiroyli o'yin bo'ladi. "Navbahor" muxlislarini yaxshi bilamiz. Bugun mezbonlarga qaraganda mehmon jamoa ishqibozlari ko'pchilikni tashkil qilishi mumkin. Umuman tomoshabop yaxshi futbol ko'ramiz.

"Nasaf" - "Surxon"
- "Nasaf" yana avvalgi darajasiga chiqa olishini asta-sekinlik bilan ko'rsatishi kerak. "Surxon" ham so'nggi to'rtta turdi isbotladiki engil jamoa emas. Istalgan jamoani bosib o'tib ketishi mumkin. Qisqasi chaqilmas "yong'oq" ekanligini ko'rsatib bo'ldi, deb o'ylayman. Murosasiz, oldindan kim yutishini aytib bo'lmaydigan bahs.




