Bryusselda shvetsiyaliklar otib ketilgani haqidagi xabardan so'ng Belgiya - Shvetsiya o'yini to'xtatildi

Aslanov Jasurbek
17 okt 2023, 01:22
Belgiya hamda Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2024 saralash o'yini birinchi bo'limdan so'ng to'xtatildi.

Gap shundaki, 16 oktyabr kuni kechasi Belgiya poytaxti markazida ikki shvetsiyalik otib ketilgan.

Ayni damda Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari voqea sodir bo'lgan joydan 5 km uzoqlikda - "Qirol Boduen" stadionida o'yin o'tkazayotgan edi.

Ma'lum bo'lishicha, voqeadan xabar topgan Shvetsiya terma jamoasi futbolchilari ikkinchi bo'limda maydonga chiqishni xohlashmagan.

Boshqa manbalarning xabar berishicha, Shvetsiya terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan shvetsiyalik muxlislarning xavfsizligini taminlash uchun bahs to'xtatilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia