Brendan Rojers: “Vardi jahon darajasidagi futbolchi ekanligini isbotlamoqda”

“Lester” ustozi APL 6-turida “Arsenal” ustidan erishilgan g'alaba (1:0) va Jeymi Vardi haqida gapirdi.

“Yigitlar qoyilmaqom harakat qildi. Bizning yuqori darajali futbolchilarga qarshi bahsdagi g'oyamiz shunday edi: ularni ustunlikdan mahrum qilish. Shunda siz o'z o'yingizni boshqacharoq qurasiz. Biz Vardini tushirishni rejalashtirgandik. Gol esa Underning fantasik pasidan so'ng yuz berdi. Nima uchun Vardi katta futbolchi deysizmi? U muhim o'yinlarda jamoa uchun juda katta foyda keltiradi. U dunyo darajasidagi futbolchi ekanligini isbotlamoqda. Uning bu erdaligi esa mening omadim”, - deydi Rojers.


Manba: BBC Sport