Breaking! Son "Tottenxem"ni tark etishini e'lon qildi: "Hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri". Hujumchi AQSHga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
2 avg 2025
Son Xyon Min "Tottenxem"ni tark etishini e'lon qildi.

33 yoshli forvard londonliklar safida 2015 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.

"Bu mening hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri edi, lekin menimcha, bu o'z vaqtida qabul qilindi. Umid qilamanki, hamma meni tushunadi va bu qarorga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.

Men Shimoliy Londonga ingliz tilida gapirishni ham bilmaydigan 23 yoshli yigit bo'lib kelganman, bu klubni esa katta odam bo'lib tark etyapman va bundan juda faxrlanaman", - dedi Son.

Oldinroq, Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi "Los-Anjeles"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN