Braziliya terma jamoasi sobiq a'zosi "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
3 sen 2019
"Marsel" yarim himoyachisi Luis Gustavo faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.

"Fenerbaxche" 32 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Gustavoning transferi turk klubiga 6 million evroga tushgan.

Futbolchi faoliyati davomida "Marsel"dan tashqari "Korintians Alagoano", KRB, "Xoffenxaym", "Bavariya" va "Volfsburg" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce