

Zambiyalik futbolchi irsiy yurak xastaligi tufayli futbol o'ynashni davom ettira olmaydi.
O'limga olib keladigan yurak-qon tomir asoratlari tufayli futbolchi professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Brayton" Mvepuni davolash va tiklanishda qo'llab-quvvatlashga vada berdi.
Yarim himoyachi ikkinchi mavsumini "Brayton"da o'tkazdi. Bungacha u Avstriyaning "Zalcburg" va "Lifering" jamoalarida to'p tepgan.



