"Brayton" "Vilyarreal" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
17 avg 2022, 15:07
"Vilyarreal" himoyachisi Pervis Estupinyan "Brayton" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Angliya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

24 yoshli ekvadorlik bilan kelishuv 5 yilga mo'ljallangan.

Estupinyan o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: brightonandhovealbion.com