Rasman: "Milan"ga klub tarixidagi birinchi ekvadorlik o'tdi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025
"Milan" "Brayton" himoyachisi Pervis Estupinyan transferini e'lon qildi.

Italiya klubi futbolchi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. "Brayton" u uchun 20 mln evro va bonuslarga ega bo'ladi.

Alohida aytish joiz, 27 yoshli Estupinyan “rossoneri” tarixidagi ilk ekvadorlik futbolchiga aylandi.

Estupinyan 2022 yildan buyon "Brayton"da o'ynab kelayotgandi. U ingliz klubi safida 104 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan.

Milanliklar yangi futbolchisi Ekvador terma jamoasi safida 48 o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com