"Brayton" futbolchisi Fayzullaev bilan jamoadosh bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 yanv 2025
"Brayton" futbolchisi Pervis Estupinyan faoliyatini SSKAda davom ettirishi mumkin.

Bu boradagi xabarni himoyachining agenti Andre Kyuri ham tasdiqladi.

"SSKA Estupinyanga qiziqmoqda? Ha, bu haqiqat", - dedi Kyuri.

26 yoshli ekvadorlik futbolchining klubi bilan shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Uning transfer summasi 30 mln evroga baholanmoqda.

Ushbu mavsumda Estupinyan APLning 15 o'yinida qatnashib, 1 golga assist bo'ldi.

Ayni damda SSKA tarkibida hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ham faoliyat olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport24