

"Chaykalar" bu gal 21 yoshli ekvadorlik futbolchini 70 mln funtga sotishdan bosh tortdi. Klub avvalroq 60 million funtlik taklifni rad etgandi.
Garchi o'yinchining o'zi jamoasini o'zgartirib, yuqoriga intilishga harakat qilayotgan bo'lsa-da, "Brayton" hamon futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.
Kaysedo "Brayton"ga 2021 yilning fevralida kelib qo'shilgan. 2022/23 yilgi mavsum u jamoa safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Agar "Brayton" Kaysedoni "Arsenal"ga 70 mln funt evaziga qo'yib yuborsa, bu "chaykalar" tarixidagi rekord savdo bo'ladi.



