

Chililik futbolchi ketma-ket sakkiz uchrashuvdan buyon APL bahslarini jamoasining zaxira o'rindig'ida kuzatib kelayotgan edi. “Xall”ga qarshi bahsda esa mehmonlar tomonidan yo'llangan yagona aniq zarbadan keyin Bravo o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi. Golga Andrea Ranokki mualliflik qildi
Shu tariqa Bravo APL bahslarid o'zining so'nggi ettita golini “ManSiti” darvozasiga aniq yo'llangan 7 ta zarbadan keyin o'tkazib yubordi.”Everton”ga qarshi bahsda Kuman jamoasining darvozaga yo'llagan to'rtta aniq zarbasining barchasi golga aylangan bo'lsa, “Tottenxem” bilan o'tgan o'yinda londonliklar Bravo darvozasiga ikkita aniq zarba yo'llashdi va har ikkala zarba ham mehmonlar uchun gol bilan yakun topdi.


