Braim "Real"ning XXI asrda uchta turnirda "Atletiko" darvozasiga gol urgan 5-futbolchisi. U Ramos, Ronaldu, Benzema va Rodrigoga qo'shildi

Administrator
5 mar 2025
Braim XXI asrda "Real"ning 3 ta turnirda "Atletiko" darvozasiga gol urgan 5-o'yinchisi hisoblanadi.

25 yoshli yarim himoyachi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan Madrid derbisida (birinchi o'yin, 2:1) jamoasiga g'alaba keltirdi.

Bungacha Braim Dias "Real" safida La Liga va Ispaniya Superkubogi o'yinlarida "Atletiko" darvozasini ishg'ol qilgan.

U uchta turnir doirasida derbida gol urgan "Real"ning joriy asrdagi beshinchi futbolchisiga aylandi. Braim Serxio Ramos (4 xil turnirda gol urgan), Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Rodrigoga (3 ta) qo'shildi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/OptaJose