Boyan Naydenov: "Lokomotiv" - katta nom, katta klub"

Mirjalol Normatov
16 yanv 2023
"Lokomotiv" tarkibiga yaqindagina kelib qo'shilgan Boyan Naydenov o'zining ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dastlabki taassurotlar ajoyib. Mo'jazgina stadion, klub infratuzilmasi, umuman barchasi ajoyib. Nafaqat "Lokomotiv", balki, Toshkentning barcha klublari juda tartibli ishlashadi.

- "Lokomotiv" Pro-ligada ishtirok etadi. Klub jamoaga bir yilning o'zida Superligaga qaytish vazifasini qo'ygan. Bu haqida nima deysiz?

- Holatni yaxshi tushunib turibman. Umid qilamanki, vazifani a'lo darajada bajaramiz. Chunki "Lokomotiv"ning joyi Pro-ligada emas. Klubni Superligaga qaytarish shart!

- Bu erga kelguningizcha klub haqida nimalarni eshitdingiz?

- O'zbekistonda o'ynaganim uchun ko'p narsalarni bilaman. "Lokomotiv" - katta nom, katta klub. Bunday rahbariyat, jamoadoshlar bilan klub aslida Superligada bo'lishi kerak. Hali barchasi o'z o'rniga tushib ketadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати