Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi ustozi 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2016
Bosniya bosh murabbiyi Mexmed Bajdarevich 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

FIFA 56 yoshli murabbiyni JCH-2018 saralashi doirasidagi Gretsiyaga qarshi (1:1) o'yindagi harakatlari tufayli jazoladi.

Biroq ikkinchi o'yin diskvalifikaciyasi shartli shu bois, Bajdarevich Gibraltar bilan o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tira olmaydi. Gretsiya bilan bahsda o'z ishini davom ettirishi mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: hayat.ba