"Borussiya" "Real Sosedad" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
26 fev 2021
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak yozda Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishi mumkin.

Yevropaning top-klublari qiziqishlariga sabab bo'layotgan 21 yoshli shvetsiyalik futbolchi dortmundliklar forvardi Erling Xolandning o'rnini egallashi mumkin.

"Borussiya" norvegiyalik futbolchining klubdan kyetishini tushunadi va endi unga o'rinbosar izlamoqda.

Isak joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports