

Portugaliyalik futbolchi jamoa safini erkin agent sifatida tark etadi.
"Borussiya" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, lekin Gerreyru boshqa jamoada, yangi chaqiruv, yangi holatda o'zini sinab ko'rishni istaydi.
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchiga Madridning "Atletiko" va A Seriyaning bir qancha klublari qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gerreyru Dortmund safida 2016 yildan buyon to'p tepadi.



