Borussiya D – Yuventus. Pirlo o'yinda ishtirok etmasligi mumkin

Yuventus yarim himoyachisi Andrea Pirlo Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Borussiya D"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Andrea Pirlo jamoasining so'nggi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgan va hali "Borussiya D" bilan bo'lib o'tgan Turindagi bahsda olgan jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan.

Eslatib o'tamiz, YCHL 1/8 final bosqichi doirasidagi Borussiya – Yuventus javob uchrashuvi 18 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: sports.ru