"Borussiya" D futbolchisi "Bavariya"ga o'tishga qarshi emas

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023, 14:14
Rafael Gerreyru "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin.

30 iyun kuni erkin agentga aylanadigan "Borussiya" D futbolchisi Myunxen klubiga o'tishga qarshi emas. Hozircha muzokaralar davom etmoqda, biroq shartnoma hal qilingani yo'q.

Karl-Xaync Rummenigge "Bavariya" maslahat kengashiga o'tganidan keyin klubdagilar 29 yoshli futbolchiga e'tibor qarata boshladi.

Ushbu mavsumda Gerreyru Bundesliganing 27 o'yinida qatnashdi va 12ta assist bilan liganing eng yaxshi natijasini qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal