"Borussiya D" 15 yoshli hujumchini YCHL qaydnomasiga kiritadi. U turnir rekordini yangilashi mumkin

Dortmundning "Borussiya" klubi 15 yoshli forvarda Yussufa Mukokoni Chempionlar Ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazmoqchi. Bu haqda klub direktori Mixael Cork ma'lum qildi.

Mukoko "B" ro'yxatga kiritilgan. U 20 noyabr kuni 16 yoshga to'ladi, shundan so'ng Bundesliga va YCHLda o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Agar Mukoko 24 noyabr kuni o'tkaziladigan "Bryugge" bilan o'yinda maydonga tushirilsa, Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yosh debyutantga aylanadi. Amaldagi rekord Selestin Babayaroga tegishli bo'lib, nigeriyalik sobiq futbolchi "Anderlext" tarkibida turnirda debyut qilganida atigi 16 yosh-u 84 kunlik edi.

Ma'lumot uchun, Mukoko Kamerunda tug'ilgan, ammo Germaniyaning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoasi safida 2 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.

Mukoko 12 yoshidayoq 17 yoshlilar jamoasida o'ynar edi. U hozir 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar chempionatida to'p tepadi. O'tgan mavsum 20 o'yinda 34 ta gol urgan o'yinchi liganing eng yaxshi to'purariga aylangan edi.


Manba: sport24