Bo'ribosar, g'azabdagi Polvonov va do'ppi kiygan Darko. O'zgacha FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2020, 13:22
Kecha Coca Cola Superligada 5-tur bellashuvlari davom ettirildi.

Olmaliqda mahalliy AGMK jamoasi Termizning "Surxon" klubini qabul qildi. Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari Arslanmirat Amanovning yagona goli evaziga g'alaba qozonishdi. Ana shu bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Video "Tezkor studiya". "Navbahor"dan chiroyli gollar, "Lokomotiv"ning kuchi "So'g'diyona"ga yetmadi, AGMK so'nggi daqiqada g'alaba qozondi

Foto: Tolibjon Qosimov

Muxlislarsiz stadion.


Jamoaviy suratga tushishda oraliq masofa saqlanmoqda.



Bosh bilan juda yaxshi o'ynaydigan Vatsadze va Bubanya to'p uchun havodagi kurashda.


- Kim oladi-yo shuginani-yo.


- Men olaman-o shuginani-yo...


- Men ham ololaman-o shuginani-yo...


- Bittang ham ololmading.


- Nima?


- Ha, ha. Hech kim olomadi deyapti...


 

- Mirjalol aka, uzr. Hakamga sizni gij-gijlab qo'ydim)


Birinchi bo'lim oxirida Husniddin G'ofurov juda qulay imkoniyatni ko'kka sovurganidan keyin.


Elguja yaxshi vaziyatdan foydalana olmagan vaziyat.


Bo'ribosar.


Hojimat Erkinov o'yinda yuzaga kelgan eng yaxshi imkoniyatdan gol ura olmaganidan g'azablanayotgan Zafar Polvonov va hayratdagi Hojimat.



Qayga bormay boshda do'ppim,
G'oz yurarman, gyerdayib (c)


- Yashaaang hofiz.


- Nima haqida qo'shiq aytayapti?


- Yur, Darkoni qo'shig'ini eshitamiz.


- Sen ham qo'shiq aytishni bilasanmi?
- Yo'q, meni tinch qo'y-e.


- Elguja mendek qo'shiq aytolmasakan.


Gol bo'lgan vaziyat.


Amanov gol urganidan keyin minnatdorchilik o'laroq duoga qo'l ochdi.


G'alaba zavqi.


Umid qilamiz, bugungi o'zgacha fotomaqolamiz hech kimga og'ir botmaydi. Zero, bu shunchaki hazilomuz fotomaqola.


Bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia