

Unga ko'ra, Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida bolalar futboli ravnaqi yo'lida turli musobaqalar o'tkaziladi. Shulardan biri 4 iyun kuni To'raqo'rg'on shahrida boshlanadi. Unda 2009 yilda tavallud topgan jami 12ta jamoa chempionlik uchun bahs olib boradilar.
Qur'aga ko'ra jamoalar quyidagi guruhlardan joy oldilar:
"A" guruhi: "Odil Junior" (Toshkent), "Andijon" (Andijon), "Barkamol Avlod" (Namangan), "Neftchi" (Farg'ona).
"B" guruhi: "Navbahor" (Namangan), "Spartak" (Toshkent), "Yoshlik" (To'raqo'rg'on), "Qo'qon-1912" (Qo'qon).
"C" guruhi: "Odil Junior" (To'raqo'rg'on), "Kosonsoy" (Kosonsoy), "Do'stlik" (Marg'ilon), "Bunyodkor" (Toshkent).



