

- “Olimpik” juda yaxshi jamoa. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda. Shu tariqa davom etishsa, yanada yaxshi natijalar bo'lishiga ishonaman. Temur aka Kapadze bilan ilgari birga o'ynaganman. U insonni yaxshi bilaman. Ajoyib jamoa tuza olgan.
Biz kubokdan chiqib ketdik. Endilikda chempionatga bor e'tiborni qaratamiz. Maqsadimiz sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritish hisoblanadi. Shunga qarab harakat qilamiz.
To'g'risi, joriy mavsumdagi o'yinlarimdan qoniqish hosil qilmayapman. Chunki jarohat oldim. Xudo xohlasa, avvalgi sport formamni qaytarish uchun astoydil harakat qilmoqdaman. Hammasi joyiga tushib ketadi.



