

- Bizni oldinda juda muhim o'yin va shu bilan birga jiddiy raqib kutib turibdi. Hech kimga sir emaski, “Nasaf” mamlakatimizning yetakchi klublaridan biri sanaladi. Yaxshi shakllangan jamoa. “Ajdarlar” futbolimizda o'z o'rniga ega va osiyo chempionlar ligasi qatnashchisi hamdir. Shu bois ularga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Raqib tarkibida har tomonlama individual futbolchilar etarlicha topiladi. Biz endi shub klubdan ochko olishga xarakat qilamiz va bunga tayyormiz. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini amalda to'g'ri bajara olsak, buni uddalay olamiz. Qanday bo'lmasin maydonda “Nasaf”ga jiddiy qarshilik ko'rsatib, o'z maqsadimizga erishishimiz shart, - deydi Akbarov.
"Andijon" matbuot xizmati



