

"Judayam qiyin o'yin bo'ldi. Meksika Jahon chempionatlarida ishtirok etadigan terma jamoa. O'yini yaxshi boshladik va uchrashuvda gol urdim. Bu termadagi debyut golim bo'ldi. Bugungi o'yinni muxlislar maza qilib tomosha qildi deb o'ylayman. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi", – dedi hujumchimiz.



